Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Oskar mukofoti uchun bellashuvchi o‘zbek filmi tasdiqlandi

Oskar mukofoti uchun bellashuvchi o‘zbek filmi tasdiqlandi

2019 yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining koordinasion markazi hisoblangan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasida Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominasiyasiga O‘zbekistonning bir qator kinoijodkorlaridan taqdim qilingan filmlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama natijasiga ko‘ra, Umid Hamdamovning “Issiq non” to‘liq metrajli badiiy filmi Oskar mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari surilishi to‘g‘risida 23 sentyabr kuni o‘zbek kinosiga bag‘ishlangan forumda tantanali ravishda e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Abduhalil Mingnorovning “Imom Termiziy”, Rihsiboy Muhammadjonovning “Qor yog‘moqda, oppoq qor”, Abduvohid G‘aniyevning “Elparvar”, Umid Hamdamovning “Issiq non”, Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo‘rg‘on” hamda Ilhom Muhammadibrohimovning “Parvoz” deb nomlangan filmlar tanlov uchun taqdim qilingan edi.

Kiritildi: 11:02 25.09.2019. O'qildi: 5275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!