Osiyo o‘yinlarining chorak final bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-23 — Saudiya Arabistoni U-23 uchrashuvi uchun terma jamoamizning boshlang‘ich tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Ravshan Haydarov muhim bahs uchun Muhammadali O‘rinboyevni jamoa sardori sifatida maydonga tushiradi. Uchrashuv bugun, 25 sentyabr kuni soat 10:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston U-23: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev, G‘iyosjon Rizaqulov, Quvonchbek Xushvaqtov, Sardorbek Bahromov, Saidumarxon Saidnurullayev, Muhammadali O‘rinboyev, Asilbek Jumayev, Azizbek To‘lqinbekov, Ro‘ziboy Fayzullayev.
Zaxira: Maksim Murkayev, Ravshan Xayrullayev, Amirbek Saidov, Ollabergan Karimov, Umar Rustamov, Muhammadali Reimov, Diyor Abdunazarov, Firdavs Abdurahmonov, Oybek O‘rmonjonov, Dilshod Abdullayev, Nurlan Ibraimov, Shodiyor Shodiboyev.
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov.