Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Bu avtopero... bu Bayden" Donald Tramp Si Jinpinni kuldirdi

"Bu avtopero... bu Bayden" Donald Tramp Si Jinpinni kuldirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Jinpinning Oq uyga tashrifi chog‘ida unga “Prezidentlar shon-shuhrati alleyasi”da Jo Baydenning surati o‘rniga avtopero rasmi joylashtirilganini ko‘rsatib, Si Jinpinni kuldirdi.

Bu alleyadagi prezident portreti yo‘q yagona lavha bo‘lib, Baydenning surati o‘rniga avtomatik imzo qo‘yuvchi qurilma (avtopero) rasmi o‘rnatilgan. Uning ostiga “Uyquchi Jo” va “Tarixdagi eng yomon prezident” deb yozilgan.

Tramp Baydenni hujjatlarni imzolashda avtoperodan foydalanishda ayblab keladi. Ta’kidlash joizki, avtopero boshqa prezidentlar tomonidan ham qo‘llanilgan. Ulardan ayrimlari, jumladan Trampning o‘zi ham, afv etish haqidagi hujjatlarga imzo qo‘yishda avtopero ishlatgan.

Kiritildi: 23:25 25.09.2026. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!