Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya armiyasiga kimlar qo‘shilmoqda? Asirlar orasida 55 davlat vakili aniqlangan

Rossiya armiyasiga kimlar qo‘shilmoqda? Asirlar orasida 55 davlat vakili aniqlangan

Ukrainada asir tushgan Rossiya harbiylarining qariyb 10 foizi uchinchi davlatlar fuqarolari hisoblanadi.

Bu haqda Ukrainaning “Xochu jit” loyihasi ma’lum qildi. Loyiha ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil sentyabr holatida Ukraina asirligida Rossiya tomonida jang qilgan 55 davlat fuqarolari bor.

“Xochu jit” tashkilotchilari ularning qo‘lida 2022 yildan buyon Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan qariyb 29 ming xorijlikning ism-sharifi borligini bildirgan. Ta’kidlanishicha, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida Ukrainaga asir tushgan xorijliklar soni butun 2025 yildagi asirlar sonidan ko‘proq. Ular orasida Osiyo mamlakatlari, Argentina, Panama, Paragvay, Peru, Gonduras va boshqa davlatlar fuqarolari bor.

Loyiha bayonotida aytilishicha, bir qator davlatlar hukumatlarining diplomatik bosimi, noroziligi va qarshiligidan so‘ng Rossiya 39 mamlakatda harbiy yollash ishlarini to‘xtatgan. Xususan, Xitoy, Hindiston, Misr, Keniya, Pokiston, Gana hamda Afrika va Osiyoning boshqa ayrim davlatlari shular jumlasidandir.

"Biroq Moskva boshqacha yo‘nalishga o‘tdi va Janubiy Amerika, Markaziy Osiyo hamda Afrika mamlakatlarida yollash ko‘lamini oshirmoqda. Buni nafaqat bizdagi ma’lumotlardan, balki xorijlik harbiy asirlarning soni va geografiyasidan ham ko‘rish mumkin", deyiladi loyiha xabarida.

Kiritildi: 20:10 25.09.2026. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!