Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Osiyo Kubogi U-20. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, muddatidan avval chorakfinalga yo‘l oldi

Osiyo Kubogi U-20. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, muddatidan avval chorakfinalga yo‘l oldi

Xitoyda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur davom ettirildi.

S guruhida kutilganidek O‘zbekiston (6) va Eron (6) muddatidan avval chorakfinalga yo‘l oldi. «Oq bo‘rilar» Muhammadali O‘rinboyev, Abdug‘ofur Haydarov va Saidumar Saidnurullayevning gollari evaziga Indoneziya (0) ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, forslar Yaman (0) darvozasini 6 bor ishg‘ol qilishdi.

3-turdagi O‘zbekiston — Eron bahsi guruh g‘olibini aniqlab beradi.

B guruhida Iroq (4) Saudiya Arabistonini (3), Iordaniya (3) esa KXDRni (1) mag‘lub etdi va barcha masala so‘nggi turga qoldi.

Osiyo Kubogi U-20. 2-tur. 16 fevral
S guruhi
Indoneziya — O‘zbekiston 1:3

Gollar: Raven (23) — Muhammadali O‘rinboyev (21), Abdug‘ofur Haydarov (47), Saidumar Saidnurullayev (63).
Indoneziya — Al Giffari, Buffon (Hidoyat, 57), Arel, Gvijange (Pahlavi, 90), Sheva, Florasta (Varman, 80), Firmansiyah, Pamungkas, Ama Ola (Rahmon, 88), Raven, Ragil (Abdulmanor, 57).
O‘zbekiston — Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek To‘lqinbekov (G‘iyos Rizaqulov, 76), Behruz Jumatov, Dilshod Abdullayev, Saidxon Hamidov, Ravshan Xayrullayev, Saidumar Saidnurullayev, Asilbek Jumayev (Ollobergan Karimov, 86), Muhammadali O‘rinboyev (Rustam Fomin, 68), Daler Tuxsanov (Murod Komilov, 76), Abdug‘ofur Haydarov (Muhammadali Reimov, 86).
Ogohlantirish: Rizaqulov (90+3).

Yaman — Eron 0:6
Gollar: Zamoni (26, 34), Golizoda (42), Muqbil (45+2, avtogol), Gandipur (46), Abulfazl (72).

B guruhi

Saudiya Arabistoni — Iroq 0:1

Gol: Faysal (25).

KXDR — Iordaniya 1:2

Gollar: Ri Jong Dok (83, penalti) — Sabra (6, 72).

Kiritildi: 22:22 16.02.2025. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!