Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

oshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani ma’lum bo‘ldi

oshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani ma’lum bo‘ldi

«Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi»da sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan Toshkent viloyati IIVV axborot berdi.

2025 yil 11 avgust kuni soat taxminan 02:20 larda, Toshkent tumani, «Sabzavot» MFY hududida joylashgan «Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi» MCHJda yong‘in kelib chiqqan.

Bozorning umumiy do‘konlar qurilgan maydoni 20.000 m/kv bo‘lib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 12.000 m/kv maydonda joylashgan savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar aniqlanmadi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

Hozirda yong‘in kelib chiqishi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov organlari yakuniy xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: 23:10 11.08.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!