Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ortiqcha to‘langan soliqlar uchun foiz hisoblanadi

Ortiqcha to‘langan soliqlar uchun foiz hisoblanadi

Endi soliq to‘lovchilar to‘lagan yoki asossiz undirilgan ortiqcha soliq summasi foizi bilan qaytariladi. Bu 2020 yil 1 yanvardan amaliyotga joriy etilgan Soliq kedeksida belgilab qo‘yildi.

Ya’ni, ortiqcha to‘langan soliq summalari o‘z vaqtida qaytarilmaganligi yoki soliq organlari tomonidan asossiz undirilganligi uchun, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida byudjetdan soliq to‘lovchilarga foiz to‘lash belgilandi.

2020 yilgacha amalda bo‘lgan Soliq kodeksiga ko‘ra, foiz yoki penya hisoblanishi faqatgina soliq to‘lovchilarning o‘z vaqtida to‘lamagan soliq qarziga nisbatan bir tomonlama hisoblab kelingan.

Ortiqcha to‘langan soliq summasiga hech qanday moliyaviy mexanizmlar yoki soliq organlarining bu boradagi mas’uliyatlari belgilab berilmagan.

Ta’kidlash joizki, avvalgi tartib bo‘yicha ortiqcha olingan mablag‘larning oylar davomida cho‘zilib qaytarilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy faoliyatiga ziyon yetkazilgan.

2019 yil davomida tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar tomonidan ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasiga 469 ta ariza kelib tushgan. Raqamlardan ham anglash mumkinki, ortiqcha to‘lov qaytarilishi bilan bog‘liq muammolar yetarlicha bo‘lgan.

Joriy etilayotgan yangi tizim bunday muammolarni bartaraf etishda muhim omil bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Kiritildi: 11:35 23.02.2020. O'qildi: 4966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!