Rejissyor va aktyor Shavkat Komilov o‘tkir syujetli drama suratga olishni boshladi.
Jonim dadam deb nomlangan yangi kino kartinada bosh rolni O‘zbekiston xalq xofizi Orolmirzo Safarov ijro etmoqda. Shavkat Komilov g‘oyasi asosida suratga olinayotgan film real voqealarga asoslangan bo‘lib, ssenariy muallifi Nizomiddin Abdixakim o‘g‘li. Filmdagi yana bir bosh qahramon, o‘gay ona obrazini mahoratli aktrisa Mashhura Zulfiqorova ijro etmoqda. Shuningdek, taniqli aktrisa Nargiza Abdullayeva va Bahora Arslonovalarning ham ijrolaridan bahramand bo‘lamiz.
