Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Orbanning aytishicha, Yevropa Ittifoqida demokratik tanqislik mavjud

A A A
Orbanning aytishicha, Yevropa Ittifoqida demokratik tanqislik mavjud

Evropa Ittifoqida demokratik tanqislik mavjud.

Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Bryusseldagi fermerlar mitingida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoning yechimi Yevroparlamentga saylovlar chog‘ida YEIda rahbariyat almashinuvi bo‘ladi.

"Bu Yevropaning xatosi - rahbarlar xalq ovozini jiddiy qabul qilmaydi. Bu birinchi muammo. Gap migrasiya haqidami, urush haqidami, Ukraina haqidami, hamma narsa haqidami - rahbarlar xalq ovozini qabul qilmaydi. Bu demokratik tanqislik”, dedi Orban mitingda.

Vengriya bosh vaziri Yevroparlamentga navbatdagi saylovlarda YEIda hokimiyat almashinuviga erishish zarurligini aytdi.

Kiritildi: 10:12 01.02.2024. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!