Orbanning fikricha, YEIning Ukrainaga ko‘proq yordam berish va frontdagi vaziyatni yaxshilash orqali muzokaralarda kuchliroq pozisiyaga erishish strategiyasi xato:
«Ular ochiq aytishmoqda: urushni davom ettirishimiz kerak, Ukrainaga yordam berish uchun. Frontda vaziyat yaxshilansa, muzokaralar uchun yaxshi shartlar bo‘ladi. Yo‘q, bu mutlaqo noto‘g‘ri. Vaqt ruslar tarafida, biz tomonda emas».
Orban Putinga g‘alaba qozonishga yordam berayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi:
«Men Putin yutdimi yoki yutqazdimi — bunga qiziqmayman. Meni Yevropadagi xalqlarning, shu jumladan vengrlar kelajagi qiziqtiradi».
U shuningdek, Rossiyani Ukrainada harbiy yo‘l bilan mag‘lub etish urinishlarini xavfli, deb hisoblaydi:
«Agar yadroviy davlat oddiy urushda mag‘lub bo‘lsa, men mutlaqo ishonamanki… yadroviy xavf darrov kun tartibiga chiqadi».
Orban Rossiyaning G‘arbga hujum qilish ehtimoliga ham ishonmaydi:
«Hech qanday hurmatsizliksiz aytaman: Rossiya YEI yoki NATOga hujum qiladi degan fikr — kulguli. Ular bunga yetarli darajada kuchli emas. Biz ulardan ancha kuchlimiz. YEIning aholisi 400 milliondan ziyod, Rossiyaniki taxminan 140 million. … Agar 27 ta YEI davlati harbiy salohiyatini birlashtirsa, biz Rossiyadan ancha kuchli bo‘lamiz. Ruslar uch yildan oshdi — Ukrainada to‘liq okkupasiyaga ham qodir bo‘lishmadi. Qanday qilib Yevropa o‘zini Rossiyadan zaif, deb ayta oladi?»
Viktor Orban AQSh prezidenti Donald Trampni “tinchlikka intiluvchi yetakchi” deb atadi va Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishishda unga yordam berishni istaydi.
«Tramp — shubhasiz tinchlikparvar inson», — deydi Orban. — «Vengriya tinchlikka intilayotganlar qo‘lida yaxshi vosita bo‘la oladi. Men AQSh prezidentine yordam berishga harakat qilyapman».