Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.O.” MCHJ ta’sischisi Z.K. va boshqalar 2021-2023 yillar davomida “M.G.” xususiy korxonasi va “B.O.” MCHJga 2 700 tonna chigit mahsulotlari yetkazib berishi evaziga ularning 559 ming AQSh dollarini naqd holda hamda 1,5 mlrd so‘mini pul ko‘chirish yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Shuningdek, MCHJ ta’sischisi Z.K. va ishchisi E.X. firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mablag‘lari hisobidan “Trailblazir, “BYD Yuan Plus” va “Cobalt” rusumli yengil hamda “Sitrak” rusumli yuk avtotransport vositalarini xarid qilganliklari ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.