Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Oqdaryo tumanida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

Oqdaryo tumanida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi va Samarqand viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.R. o‘z uyida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan 580 litr etil spirti, 1 123 dona shisha qopqoqlari, “Russkaya vodka” nomli etiketkalar hamda 445 dona shisha idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:57 10.07.2024. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!