Oq uyning yangi matbuot kotibi Keti Zakariya juma kuni — lavozimga tayinlanganidan bir hafta ham o‘tmay ishdan bo‘shatildi. Bu haqda The New York Times gazetasi vaziyatdan xabardor uchta manbasiga asoslanib xabar berdi.
Oq uy ham, Zakariyaning o‘zi ham nashrning izoh so‘rab qilgan murojaatlariga javob bermadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Zakariyaga ushbu lavozimda ishlash qarorini «qayta ko‘rib chiqishni» maslahat berganini aytdi. «To‘g‘risini aytsam, sening o‘rningda bo‘lganimda, qayta o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim. Keti, bu senga kerakmi? Senga bu kerak deb o‘ylamayman», — deya Tramp u bilan bo‘lgan suhbatni so‘zlab berdi.
Avvalroq The New York Times Zakariya ishni muvaffaqiyatsiz boshlagani haqida yozgan edi: uning birinchi va so‘nggi brifingi seshanba kuni bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng u advokatlik lisenziyasini olish uchun imtihon topshirmagani holda, o‘zini huquqshunos qilib ko‘rsatgan-ko‘rsatmagani borasida savollar paydo bo‘lgan.