Oq uyning ispan tilidagi sahifasiga kirishga urinishda sahifa topilmaganligi haqidagi yozuv va Go Home tugmasi chiqmoqda. Go Home tugmasi odatda "Bosh sahifaga qaytish" deb tarjima qilinadi, ammo uni "Uyga qayting" deb ham tushunish mumkin.
Tramp jamoasi Lotin Amerikasidan kelgan migrantlarga qarshi trolling qilyapti degan taxminlar paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp inaugurasiya marosimidan so‘ng AQShning Meksika bilan chegarasini migrantlar uchun yopgan edi.