Maxsus vakil Uitkoffning Kremldagi muzokaralaridan so‘ng, Oq uy Ukrainadagi tinchlik jarayoni istiqbollari borasida "ehtiyotkorona va optimistik" qarashni boshladi.
Bunday fikrni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols Fox News telekanali efirida ma’lum qildi.
"Men televideniye orqali hech narsani e’lon qilmoqchi yoki muhokama qilmoqchi emasman, ayniqsa prezidentdan oldin. Ammo bizda biroz ehtiyotkorona optimizm mavjud. Men u yerda bo‘lib, bizga baholash uchun ma’lumot yetkazib berayotgan xamkasbim Uitkoff bilan gaplashdim. Bu ma’lumot esa prezident Trampga keyingi qadamlar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun xizmat qiladi", – deya vaziyatga oydinlik kiritdi Uols.