Bugun 20 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Oq uy Trampni hukumatni moliyalashtirish bo‘yicha ikki partiyaviy kelishuvni buzishga urinishda aybladi

Oq uy Trampni hukumatni moliyalashtirish bo‘yicha ikki partiyaviy kelishuvni buzishga urinishda aybladi

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning aytishicha, agar AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va uning vise-prezidenti J.D.Vens respublikachilarni kelishuvni rad etishga undashdan to‘xtamasa, bu tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan fermerlar va jamoalarga yordam ko‘rsatishning to‘xtab qolishiga olib keladi.

Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan Tramp va Vensning qo‘shma bayonotida aytilishicha, Kongress yordamni saqlab qoladigan, lekin demokratlar taklif qilgan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarning bir qismini bekor qiladigan yangi kelishuvni ishlab chiqishi kerak.

Ikki tomonlama kelishuv Qo‘shma Shtatlar hukumatini moliyalashtirish muddatini 2025 yil 14 martgacha uzaytirishni o‘z ichiga oladi. Kongressning har ikki palatasi uni 21 dekabrgacha qabul qilishi kerak, aks holda hukumat faoliyati to‘xtailishi mumkin.

Kiritildi: 21:08 19.12.2024. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!