Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin amerikalik jurnalistning savoliga qanday javob berdi?

 Putin amerikalik jurnalistning savoliga qanday javob berdi?

- Rossiya Ukraina va Suriyada yo‘qotishlarga uchramoqda. Siz Tramp bilan uchrashganda qanday kompromisslarga tayyorsiz?

Ukraina haqida
Siz Rossiyaning zaiflashishini xohlaysiz, lekin biz avvalgidan ko‘ra kuchliroq bo‘lmoqdamiz. Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari oshib bormoqda. Bizning armiyamiz dunyodagi eng yuqori darajali harbiy tayyorgarlikka yetgan. Mudofaa sanoatimiz ildam rivojlanmoqda.

Bizga qarshi NATOning barcha davlatlari kurashayotganiga qaramasdan, jang maydonida ham bizning qo‘shinlarimiz sezilarli yutuqlarga erishmoqda.

“Ishonchim komilki, bugungi Rossiya sezilarli darajada kuchayib, chinakam suveren davlatga aylandi. Biz boshqalarning fikriga qaram bo‘lmasdan, faqat o‘z milliy manfaatlarimiz uchun qaror qabul qilamiz", - dedi Putin.

Rossiya Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor, lekin qarama-qarshi tomon ham murosaga tayyor bo‘lishi kerak.

Suriya haqida
Siz, G‘arb jurnalistlari Suriyada sodir bo‘lgan hodisalarni Rossiyaning mag‘lubiyati deb ko‘rsatmoqchi bo‘layapsiz. Ammo sizni ishontirib aytamanki, bu unday emas. Biz Suriyada o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishdik.

Biz Suriyaga qo‘shin olib kirmaganmiz, u yerda bizning faqat 2 ta harbiy bazamiz bor. Hozir biz u yerda hukumatni egallab olgan barcha guruhlar bilan aloqada bo‘lib turibmiz. Ularning aksariyati bizni u yerda qolishimizni xohlaydi. Biz harbiy bazalardan Suriyaga gumanitar yordam yetkazish uchun foydalanishni taklif qildik.

Kiritildi: Bugun 17:52. O'qildi: 1916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!