Oliy Rada raisi Ruslan Stefanchuk Ukraina Rossiya bilan o‘z shartlari asosida muzokaralar olib borishga tayyorligini aytdi.
“Mening pozisiyam o‘zgarmadi. Bu urushda Rossiya Federasiyasi tajovuzkor, Ukraina esa jabrdiyda. «Ukrainaning bu tajovuz qurboni sifatidagi shartlari biz tinchlik o‘rnatishga tayyor bo‘lgan shartlar bo‘lishi kerak», dedi Stefanchuk.
U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «pryamoy linii» paytida Rossiya muzokaralarni boshlash uchun shartga ega emasligi, ammo ular urushning birinchi haftalarida Istanbulda tayyorlangan shartnomalar loyihalari asosida borishi kerakligi haqidagi bayonotiga shunday izoh berdi. Putin, shuningdek, shartnoma faqat qonuniy hokimiyat bilan imzolanishi mumkinligini va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qonuniy deb hisoblamasligini aytdi. Agar Zelenskiy saylovga borib, qonuniylikka ega bo‘lsa, Rossiya u bilan gaplashadi, dedi Putin.