Bu haqda Trampning Ukraina bo‘yicha bo‘lajak maxsus vakili Kit Kellog ma’lum qildi.
"Menimcha, bu muvaffaqiyatsizlik emas, lekin aytmoqchimanki, urush qoidalari bor va siz ba’zi narsalarni qilmasligingiz kerak. Masalan, jang maydonida yarador askarlar o‘ldirilmasligi, janglarda qatnashmayotganlar o‘ldirilmasligi kerak", — deya fikr bildirdi Kellog Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Uning qayd etishicha, muhim darajadagi generallarni o‘z ona shahrida o‘ldirish urush qoidalarini o‘zgartiradi, bu yaxshi g‘oya emas.