Qashqadaryoning Qarshi shahrida 46 yoshli ota va uning uch nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Farzandlar 18, 16 va 10 yoshda bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniq.uzga ma’lum qilishicha, ayni damda hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.