WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev bugun O‘zbekistonga qaytib keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida u tantanali kutib olindi. Kutib olish jarayonida u navbatdagi jangini yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi o‘tkazishini aytdi.
"Uni ikki marotaba jangga chorlagandim, ikkalasidayam u qochdi. Boshqa raqiblar bilan jang qildi. Hozir yana boshqa raqibga (Gudman) qarshi jang qiladi.
Biz faqat chempionlik kamarini istaymiz, barchasini vaqt ko‘rsatadi. O‘zbekistonga qolgan kamarlarni ham olib kelish niyatim bor.
Keyingi jangim Inoue bilan bo‘ladi. Faqat ozgina vaqt kerak. U Gudman bilan jang o‘tkazganidan so‘ng 10 kun o‘tib, barchasi aniq bo‘ladi. U Gudman bilan jangdan 10 kun o‘tib, promouterlik savdosi boshlanadi. Bizning jamoa Inouening jamoasi muzokaralarni boshlaydi", - dedi Ahmadaliyev.