Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalistning matbuot anjumanida bergan savoliga keskin javob berdi.
«Siz "SVO" maqsadiga yeta olmadingiz. Ko‘plab rossiyaliklar, jumladan, Moskvada o‘ldirilgan general ham halok bo‘ldi. Suriyada siz qo‘llab-quvvatlagan Asad rejimi ag‘darib tashlandi. Tramp bilan uchrashganingizda kuchsizroq yetakchiga aylanasiz. Siz nima taklif qila olasiz?» - deb so‘radi Putindan NBC jurnalisti Kir Xardi Brennan-Simmons.
Putin bunga javoban: «Siz va AQShda maoshingizni to‘layotganlar Rossiyaning zaiflashgan holatda bo‘lishini juda xohlaysizlar. Men ishonamanki, Rossiya so‘nggi ikki-uch yil ichida ancha kuchli bo‘ldi. Biz ancha mustaqil bo‘ldik, mudofaa qobiliyatini, qurolli kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini mustahkamlayapmiz, bu hozir dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichdir».
Putin, shuningdek, Donald Tramp bilan 4 yildan ortiq vaqt davomida gaplashmaganini, ammo Amerika yetakchisi bilan gaplashishga tayyorligini aytdi.
Putin, shuningdek, Suriyadagi hokimiyat tepasiga «terrorchilar» kelmaganini aytdi: «Biz Suriyadagi siyosiy kuchlar bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, ular harbiy bazalarimizning qolishidan manfaatdor, ammo biz bu haqda o‘ylayapmiz».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva «Xmeymim va Tartusdagi bazalardan insonparvarlik ehtiyojlari uchun foydalanishni» taklif qilgan.