Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Oq uy qirol Charlz III va prezident Trampning suratini "IKKI QIROL" yozuvi bilan e’lon qildi

Oq uy qirol Charlz III va prezident Trampning suratini "IKKI QIROL" yozuvi bilan e’lon qildi

AQSh ma’muriyati tomonidan Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va qirolicha Kamillani rasmiy kutib olish marosimida olingan va Oq uyning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan suratda AQSh prezidenti Donald Tramp va qirol Oq uy maysazorida turgani aks etgan.

"Prezident Tramp monarxiya ramzlariga birinchi marta murojaat qilayotgani yo‘q. 2025 yilda u o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni e’lon qilgan edi. Unda Tramp boshida toj bilan “Qirollarga yo‘q!” (“No Kings!”) degan plakatlarni ko‘tarib olgan amerikalik namoyishchilar ustidan qiruvchi samolyotda uchib o‘tib, ularni najas bilan bombardimon qilayotgani tasvirlangandi", deya qayd etadi Reuters.

Ayni damda Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va qirolicha Kamilla AQShda bo‘lib, bu Britaniya monarxining Qo‘shma Shtatlarga 2007 yildan buyon ilk marta borishi sanaladi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!