Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Oq uy Donald Trampning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi

Oq uy Donald Trampning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi

AQSh prezidenti shifokori Shon Barabellaning ma’lum qilishicha, Tramp yillik tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va uning natijalari 78 yoshli prezidentning umumiy sog‘lig‘i yaxshi ekanini ko‘rsatmoqda.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yurak-qon tomir, nafas olish, nevrologik va boshqa muhim tana tizimlari ko‘rsatkichlari me’yorida. Kognitiv funksiyalar, jumladan xotira va reaksiya darajasi yoshga mos holda, jiddiy buzilishlar aniqlanmagan.

Alohida e’tibor ruhiy-emosional holatga qaratilib, maxsus testlar natijalariga ko‘ra, prezidentda xavotir va depressiya belgilari past darajada ekanligi qayd etilgan.

Tibbiy xulosada prezidentga amaldagi kun tartibini o‘zgartirish bo‘yicha hech qanday tavsiya berilmagan. Shifokor Donald Tramp “jismonan va ruhan yaxshi holda” ekanini tasdiqlab, uning kundalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan kasallik belgilari yo‘qligini alohida ta’kidlagan.

Kiritildi: 22:01 13.04.2025. O'qildi: 1113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!