AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha zaxira rejasi bor, deb bayonot berdi Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi rahbari Kevin Xassett Fox Business telekanaliga bergan intervyusida.
U Vashington ushbu masalada optimistik kayfiyatda ekanini ta’kidladi.
«Biz eronliklar bilan muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga o‘zimizning eng kuchli jamoamizni yubormoqdamiz. Shuningdek, zarurat tug‘ilgan holat uchun zaxira rejalarimiz ham mavjud», — deya Xassettning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «RIA Novosti».