Bugun 6 mart, 2026 yil, juma

КИР

Oq uy: AQShda ko‘pchilik bilmaydigan qurol zaxiralari mavjud

Oq uy: AQShda ko‘pchilik bilmaydigan qurol zaxiralari mavjud

AQShda «ko‘plab mamlakatlar hatto bilmaydigan» qurol zaxiralari mavjud. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt 5 mart kuni Time jurnaliga ma’lum qildi.

Levittning ta’kidlashicha, AQSh nafaqat «Epik g‘azab» operasiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, balki bundan ham ko‘proq natijalarga erishish uchun yetarli imkoniyatlarga ega. Uning aytishicha, dunyodagi ko‘plab odamlar bilmaydigan joylarda ham qurol zaxiralari saqlanadi.

Shu bilan birga, u mamlakatda o‘q-dorilar yetarli ekanini aytdi. Biroq Levitt sobiq prezident Jo Baydenni Kiyevga qurol yetkazib berish qarorlari ortidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar uchun tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «juda nokompetent rahbar» to‘rt yil davomida «Ukraina deb ataladigan juda uzoq mamlakat»ga eng ilg‘or Amerika qurollarining ko‘plab turlarini yetkazib bergan.

Avvalroq AQShning sobiq davlat kotibi Entoni Blinken Eron atrofidagi mojaro Amerika qurol zaxiralarini kamaytirishi va mamlakatni boshqa ehtimoliy dushmanlar hujumlari oldida zaiflashtirishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Kiritildi: 22:13 05.03.2026. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!