Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Oq uy: "AQSh Rossiya bilan yangi START o‘rnini bosuvchi yangi shartnomani muhokama qiladi"

Oq uy: "AQSh Rossiya bilan yangi START o‘rnini bosuvchi yangi shartnomani muhokama qiladi"

AQSh ma’muriyati Rossiya bilan Strategik Qurollarni Qisqartirish bo‘yicha Yangi Shartnoma (Yangi START) o‘rnini bosuvchi yangi kelishuvni ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt bu haqda brifingda ma’lum qildi.

"Prezident Donald Tramp bizning yadroviy qurol bo‘yicha mutaxassislarimiz uzoq muddatli amal qiladigan yangi, takomillashtirilgan va modernizasiya qilingan shartnoma ustida ishlashlarini istaydi. Va Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan aynan shuni muhokama qilishda davom etadi", dedi u.

Avvalroq Tramp AQSh Yangi STARTning ayrim qoidalarini o‘z kuchida qoldirmasligi, balki bu sohadagi hamkorlari bilan yangi kelishuv ishlab chiqishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!