Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Oq uy: "AQSh Rossiya bilan samarali muzokaralar olib bormoqda"

Oq uy: "AQSh Rossiya bilan samarali muzokaralar olib bormoqda"

AQSh va Rossiya samarali muzokaralar olib bormoqda. Vashingtonning fikricha, Moskva Rossiya-Ukraina mojarosiga barham bermoqchi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

U AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning 11 aprel kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi natijalariga izoh berdi.

"Men bu muzokaralar natijalarini oldindan baholamoqchi emasman. Aytishim mumkinki, bu samarali suhbat bo‘ldi. Kecha Uitkoff aytganidek, u Rossiya bu urushni tugatishni xohlayotganiga ishonadi va AQSh prezidenti Donald Tramp ham bunga ishonadi", dedi u.

Kerolayn Livitt, shuningdek, AQSh o‘t ochishni to‘xtatgandan so‘ng Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik o‘rnatishga ruxsat berishini ma’lum qildi.

"Rossiya bu mojaroga barham berish uchun rag‘batga ega, bu AQSh bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘lishi mumkin. Lekin birinchi navbatda biz o‘t ochishni to‘xtatishni ko‘rmoqchimiz", - dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning maxsus vakili Stiven Uitkoff “buni aniq aytishgan”.

Kiritildi: 09:44 16.04.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!