Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Opta superkompyuteri O‘zbekiston terma jamosining jahon chempioni bo‘lish ehtimolini 0,01 foiz deb baholadi

Opta superkompyuteri O‘zbekiston terma jamosining jahon chempioni bo‘lish ehtimolini 0,01 foiz deb baholadi

Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng Opta analitika kompaniyasining superkompyuteri O‘zbekistonning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi.

Yangilangan prognozga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallash ehtimoli 0,99 foizni tashkil etmoqda. Terma jamoaning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati esa 21,90 foiz deb baholangan.

Opta hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonning 1/32 finalga chiqish ehtimoli 21,90 foiz, nimchorak finalga yetib borish imkoniyati 4,55 foizga teng. Shuningdek, jamoaning chorak finalga chiqish ehtimoli 1,26 foiz, yarim finalga yo‘l olishi 0,33 foiz va finalga chiqishi 0,08 foiz deb baholangan.

Superkompyuter prognozida O‘zbekistonning jahon chempioni bo‘lish ehtimoli 0,01 foizni tashkil etgan.

Kiritildi: 13:46 19.06.2026. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!