Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

OpenAI Maskga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi

OpenAI Maskga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi

OpenAI texnologiya kompaniyasi amerikalik tadbirkor Ilon Maskga qarshi sudga murojaat qilib, kelajakdagi noqonuniy va adolatsiz harakatlardan himoyalanishni so‘radi, deb xabar berdi Reuters.

“Chorshanba kuni OpenAI Ilon Maskga qarshi sudga da’vo arizasi topshirdi va federal sudyadan Maskning kompaniyaga qarshi "kelajakda noqonuniy va adolatsiz harakatlarini" to‘xtatishni so‘radi”, – deyiladi xabarda.

Mart oyi boshida Associated Press agentligi Maskning OpenAIni tijorat tashkilotiga aylantirishga qarshi da’vosi AQSh federal sudida rad etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek, Mask boshchiligidagi investorlar konsorsiumi OpenAIni nazorat qiluvchi notijorat tashkilotni sotib olish uchun 97,4 milliard dollar taklif qilgan.

OpenAI 2022 yil noyabr oyi oxirida ishga tushirilgandan so‘ng bir hafta ichida 1 million foydalanuvchiga ega bo‘lgan ChatGPT chat-botining yaratuvchisi sifatida tanilgan. Ilon Mask 2015 yilda kompaniya asoschilaridan biri bo‘lgan, biroq keyinchalik OpenAI bilan aloqalarini uzgan.

Kiritildi: 09:27 11.04.2025. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!