OpenAI (ChatGPT’ni ishlab chiqqan kompaniya) ilk bor Pentagon bilan 200 million dollarlik ommaviy shartnoma imzoladi.
Shartnomaning maqsadi — ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida Pentagonning ma’muriy faoliyatini qayta shakllantirish va uning modelini yaratish. Jumladan, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun tibbiy xizmatlarga kirishni yaxshilash, dastur va xaridlar bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rib chiqish usullarini optimallashtirish hamda faol kiberxavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash kabilar rejalashtirilgan.
Davlatga qaratilgan ushbu yangi tashabbus OpenAI for Government deb nomlanadi. Bu tashabbus avval e’lon qilingan boshqa davlat loyihalarini ham o‘z ichiga oladi va byurokratiya hamda qog‘ozbozlikni qisqartirishga yo‘naltirilgan.