Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

OpenAI dunyodagi eng qimmat kompaniya

OpenAI dunyodagi eng qimmat kompaniya

Kompaniyaning sobiq va hozirgi xodimlari investorlarga taxminan 6,6 milliard dollarlik aksiyalarni sotgan. Dastlab aksiyalarni taxminan 10,3 milliard dollarga sotishga ruxsat bergan, biroq ko‘pchilik biznesning istiqboliga ishonch bildirgan holda bunday qilmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Bloomberg va Reuters xabar bermoqda.

Ilgari kompaniya taxminan 300 milliard dollarga baholangan edi. Aksiyalarni sotish natijasida uning qiymati Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi qiymatidan oshib ketdi. SpaceX taxminan 400 milliard dollarga baholangan bo‘lib, hozir u ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda turibdi. Uchinchi o‘rinda esa TikTok egasi bo‘lgan Xitoyning ByteDance kompaniyasi o‘rin olgan.

Biznesmen Ilon Mask 2025 yil boshida OpenAI’ni 97,4 milliard dollarga sotib olish taklifini bildirgandi.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, OpenAI qiymatining oshishi sun’iy intellekt sohasidagi texnologiya yetakchilari atrofidagi “investision qiziqish”ni ko‘rsatadi.

Kiritildi: 22:05 02.10.2025. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!