O‘zbekistonda 2026 yil 1 iyuldan boshlab xorijdan onlayn xarid qilinadigan ayrim tovarlar uchun yangi to‘lov tartibi joriy etiladi.
Ayrim texnika vositalari (smartfon, noutbuk, planshet, kolonka, mikser, sharbat chiqargich, soch quritish uskunasi, elektr choynak, multipishirgichlar, dazmol va boshqalar) uchun — 5% yagona bojxona to‘lovi belgilanadi.
Boshqa toifadagi tovarlar kiyim-kechaklar, poyabzal, soatlar, xotira qurilmalari, quvvatlagich, fonar, quloqchin, monitor va proyektorlar, videoo‘yin apparatlari uchun esa:
— qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS);
— 3% bojxona boji qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, oyiga 200 dollargacha bo‘lgan tovarlarni bojsiz olib kirish tartibi saqlanib qoladi.