Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Onkologik kasalliklar bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda? Vazir javobi ko‘rib chiqildi

Onkologik kasalliklar bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda? Vazir javobi ko‘rib chiqildi

Parlament quyi palatasining shu yil 6 may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarovga “Aholi orasida onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi yuborilgan edi.

🔎 Majlisida deputatlar mazkur parlament so‘roviga yuborilgan javobni ko‘rib chiqdilar.

💬 Javobda keltirilishicha, respublikaning barcha 16 ta onkologik muassasasi to‘la ta’mirdan chiqarilgan. Mavjud 5 ta nur terapiya uskunasi soni 51 taga yetkazilgan. Respublikada 100 ambulator, 650 o‘rinli stasionar xizmatiga ega eng zamonaviy yangi onkologiya markazi binosi qurilib, ushbu maskanda aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

📌 Vazir javobida keltirilishicha, 2021 yildan boshlab barcha hududlarda 45-65 yoshli ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha skrining boshlangan. To‘rt yil davomida “Onko-nazorat” xonalarida va mammografik skrining yordamida jami 2 179 928 nafar bemor ko‘rikdan o‘tkazilgan.

➡️ Berilgan javobga ko‘ra, birlamchi bo‘g‘inga malakali onkologlarni tayyorlash maqsadida 2023 – 2024 o‘quv yilida 2 yillik klinik ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha 96 ta o‘rin ajratilgan. Respublika onkologiya markazida 37 ta klinik ordinator tahsil olmoqda. Shuningdek, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi hududlararo xospislar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

‼️ Majlisda parlament so‘roviga javobda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar taqdim etilgani qayd etilib, Sog‘liqni saqlash vazirining javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Kiritildi: 14:52 28.05.2025. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!