Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Naim Rustamovich Hamrayev vazirlikning Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

N. Hamrayev 2011 yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. 2012 – 2014 yillarda klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olgan.

Turli yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi yetakchi mutaxassisi, vazirlikning Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi bosh mutaxassisi va Bolalikni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N. Hamrayev tayinlovga qadar Bolalar milliy tibbiyot markazi hududlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Kiritildi: 11:58 13.05.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!