Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Omskdagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Omskdagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

"Dunyo" AA xabar berishicha, O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov 15 avgust kuni Omskda qurilayotgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda jabrlangan ikki nafar o‘zbekistonlik holidan xabar olgan.

Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, ikki fuqaroning ham ahvoli og‘ir. Ular reanimasiyada davolanmoqda, ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Bundan avval RIA Novosti yong‘in payvandlash ishlari vaqtida izolyasiyaning yonib ketishi oqibatida kelib chiqqanini ma’lum qilgandi.

Hodisa oqibatida jami 11 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!