Toshkent viloyatida “OLX” orqali bir nechta soxta profil ochib, fuqarolarni aldagan 2005 yilda tug‘ilgan yigit ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u “Telegram”da ayollar ismlari ostida 10 ga yaqin akkaunt ochib, “iPhone” telefonlarni arzon narxda sotishni va’da qilgan.
Shu tariqa fuqarolardan oldindan to‘lov olib, pullarni boshqalar nomidagi bank kartalariga o‘tkazib yuborgan va shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan.
Tadbir paytida bank kartalari va telefon raqamlari ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.