Bu haqda Kreml matbuot kotibi ma’lum qildi.
"Hech kim vaqtni behuda yo‘qotishni xohlamaydi, na prezident Tramp, na prezident Putin. Bu ikki prezident samarali ishlashga o‘rgangan rahbarlar. Ammo samaradorlik har doim puxta tayyorgarlikni talab qiladi", — dedi Dmitriy Peskov.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Budapeshtda vaqtni behuda sarflash niyati yo‘qligini aytgan edi.