Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

“Formula-1” poygasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

“Formula-1” poygasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekiston “Formula-1” poygasining ayrim bosqichlarini o‘z hududida o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda taniqli britaniyalik jurnalist Jo Seyvard xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Singapurda bo‘lib o‘tgan Gran-priga tashrif buyurgan va poyga davomida “Formula-1” poygasining ayrim bosqichlarini Toshkent va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

– Poyga Tailand, Janubiy Koreya va O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin. Bu esa ushbu mamlakatlarda avtosportga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi, – dedi Jo Seyvard.

Kiritildi: 20:05 22.10.2025. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!