Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oltinko‘l tumanidagi “gaz zapravka”da 13,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlandi

Oltinko‘l tumanidagi “gaz zapravka”da 13,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Xususan, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida joylashgan “O.G.O” MCHJga qarashli avtotransport vositalarini gaz bilan to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘tkazilgan tekshiruv davomida, o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 13,8 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:09 25.07.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!