Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Oltin to‘p" tashkilotchilari kutilmagan syurpriz tayyorladi

"Oltin to‘p" tashkilotchilari kutilmagan syurpriz tayyorladi

France Football jurnali direktori Vensan Garsiya endi "Oltin to‘p"ning bo‘lajak sohibi ovoz berishda g‘alaba qozonishini oldindan bilishini istamaydi. Bu haqda ParisTeam xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan yillardan farqli o‘laroq, g‘olib "Oltin to‘p"ni topshirish marosimiga qadar ovoz berish natijalaridan xabardor bo‘lmaydi. Ta’kidlanishicha, endi hech qanday dastlabki fotosessiyalar va intervyular bo‘lmaydi, bu esa g‘olibning ismi yozilgan konvertni marosimda ochilgunga qadar sir saqlashga yordam berishi kerak. France Football kutilmaganlikka urg‘u bermoqchi.

"Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes hisoblanadi. Mukofotning yangi egasi 22 sentyabr kuni e’lon qilinadi.

Kiritildi: 19:03 10.09.2025. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!