«Oltin to‘p» uchun kurashda favorit o‘zgardi. Score 90 ekspertlarining yangilangan reytingiga ko‘ra, ayni damda birinchi o‘rinni «Bavariya» vingeri Maykl Olise egallab turibdi. U o‘z jamoadoshi Xarri Keynni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Reytingning kuchli beshligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Maykl Olise («Bavariya»)
Xarri Keyn («Bavariya»)
Lamin Yamal («Barselona»)
Kilian Mbappe («Real Madrid»)
Erling Xoland («Manchester Siti»)
Maykl Olise joriy mavsumda «Bavariya» libosida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 29 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Myunxen klubi hamon «trebl» (bir mavsumda uchta asosiy sovrin) uchun kurashni davom ettirmoqda.
Qizig‘i shundaki, o‘tgan yilgi «Oltin to‘p» so‘rovnomasida Olise 30 ta nomzod orasida eng oxirgi o‘rinni egallagan edi.