Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Oltin to‘p" natijalari allaqachon ma’lum bo‘lganmi?

A A A
"Oltin to‘p" natijalari allaqachon ma’lum bo‘lganmi?

Agar bugun turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ishonadigan bo‘lsak, 2022 yilgi "Oltin to‘p" sovrini ovoz berish natijalari allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan. Unda eng yuqoridagi 13 nomzod va ularning qancha ochko jamg‘argani aks etgan.

2022 yilda "Oltin to‘p"ga Karim Benzema ega chiqadi.

Top-10 likdagi 4 nafar futbolchi "Real" a’zosi.

"Real"da o‘tgan mavsumdagi fantastik o‘yini bilan barchani lol qoldirgan Karim Benzema 27 ochko bilan bosh sovringa ega chiqadi. Shuningdek, kuchli uchlikdan Sadio Mane va Muhammad Saloh joy olgan. Top-10 likda "qirollik klubi"dan 4 ta nomni ko‘rish mumkin: Karim Benzemadan, Vinisius Junior, Luka Modrich va Tibo Kurtua.

"Real" sardori Karim Benzema o‘tgan mavsum 46 ta o‘yinda 44 ta gol urib, jamoasining Ispaniya La Ligasi va UYEFA Chempionlar Ligasida zafar quchishida katta hissa qo‘shdi.

Bu yilgi tantanali marosim 17 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:24 01.10.2022. O'qildi: 5085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!