Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

«Oltin to‘p»ga ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi!

«Oltin to‘p»ga ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi!

Bir necha haftadan so‘ng "Oltin to‘p" topshiriladi. Ovoz berish uchun ajratilgan davr allaqachon tugagan. Bu haqda Daily Post xabar bermoqda.

Ovoz berishda FIFA reytingi bo‘yicha 100 mamlakatdan jurnalistlar ishtirok etdi. Har bir jurnalist 10 nafardan futbolchini tartib bilan tanladi. Ushbu tartibga qarab, u yoki bu futbolchi ma’lum miqdorda ball oladi. Kim ko‘proq ball to‘plasa, o‘sha "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi.

"Oltin to‘p" uchun kurashda Usmon Dembele, Lamin Yamal, Ashraf Hakimiy, Rafinya va Vitinya favorit hisoblanadi.

"Oltin to‘p" 22 sentyabr kuni Parijda topshiriladi. O‘tgan yili mukofot Rodriga nasib etdi.

Kiritildi: 23:54 05.09.2025. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!