Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

“Oltin to‘p”ga da’vogarlar reytingida o‘zgarish bo‘ldimi?

“Oltin to‘p”ga da’vogarlar reytingida o‘zgarish bo‘ldimi?

Nufuzli Goal portali dushanba kuni “Oltin to‘p”ga da’vogarlar reytingining yangilangan versiyasini e’lon qildi.

Ushbu reytingning kuchli uchligidagi o‘rinlar avvalgi versiyaga nisbatan o‘zgarmagan. Yuqorigi o‘rinda Rafinya (“Barselona”), ikkinchi o‘rinda Usmon Dembele (“PSJ”), uchinchi o‘rinda esa Lamin Yamal (“Barselona”) joylashgan.

Ispaniya kubogi finalida chiroyli gol urgan “Barselona” yarim himoyachisi Pedri to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Keyingi o‘ntalikka Muhammad Saloh (“Liverpul”), Robert Levandovski (“Barselona”), Deklan Rays (“Arsenal”), Lautaro Martines (“Inter”), Xarri Keyn (“Bavariya”) va Kilian Mbappe (“Real”) kiradi.

Kiritildi: 23:16 28.04.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!