Kechagina 3 400 dollarlik marrani zabt etgan oltin narxlari, bugunoq troya unsiyasi uchun 3 490 dollarga chiqdi — yangi rekord.
Oltin narxi AQSh prezidenti Donald Tramp Fed raisi Jerom Pauyelga foiz stavkalarini pasaytirish bo‘yicha bosimni kuchaytirgach yana oshdi.
Bundan tashqari Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida quyidagi postni ham qoldirgandi:
“The golden rule of negotiating and success: He who has the gold makes the rules. Thank you”
(Tarjima: Muzokaralar va muvaffaqiyatning oltin qoidasi: Kimda oltin bo‘lsa, o‘sha qoidalarni yaratadi. Rahmat)
O‘zbekistonda ham oltin quymalari narxi yangilandi. 100 gr quymaning narxi 150 mln so‘mga yaqinlashdi.
100 gr oltin quyma yanvar oyida birinchi marta 116,6 mln so‘m narxda chiqarilgan edi.