Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 18-may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qahramon mahalla hududida yashovchi Q.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 376 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.