Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Olot tumanidagi propan gaz quyish shoxobchasida chaqnash sodir bo‘ldi

Olot tumanidagi propan gaz quyish shoxobchasida chaqnash sodir bo‘ldi

Oqibatda avtomobilning yon tomonidagi gaz quyish agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.

Qayd etilishicha, shu yilning 23 may kuni 21:15 larda Olot tumani “Jayxunobod“ MFYda joylashgan “Siroj serviz“ MCHJga qarashli propan gaz quyish shoxobchasi hududida “KAMAZ“ rusumli avtomobiliga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatda yong‘in kelib chiqgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari jalb qilinib, soat 21:19da yetib borgan. Shuningdek, soat 21:40da batamom o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech qanday portlash sodir bo‘lmagan. Yong‘in o‘chirishga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilgan. Hozirda ahvoli yaxshi bo‘lib shifokorlar nazoratida.

Yong‘inni kelib chiqish sababi yoqilg‘i quyish vaqtida texnologik jarayonni buzilishidan deb taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 21:08 24.05.2025. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!