Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Bu haqida O‘zA xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida gul yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatning muqaddam prokuratura organlarida ishlagan va sudlangan yuristi savdo-sotiq sohasiga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184 va 189-moddalari bilan qo‘zg‘atilib, Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mazkur tuman prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali hal qilib berish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, mas’uliyati cheklangan jamiyat yuristining avtomashinasida Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi undan ushbu pul mablag‘ini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda prokuratura tergovchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, mas’uliyati cheklangan jamiyat yuristiga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 212-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!