Olmaotada birinchi marta 7-sonli shahar klinik shifoxonasining neyroxirurglari sun’iy intellekt elementlari bo‘lgan robot yordamida miya operasiyasini amalga oshirdi.
Neyroxirurgiya markazi shifokorlari Xitoyda maxsus tayyorgarlikdan o‘tishdi va endi ular robot tizimidan muntazam ravishda, jumladan, kraniotomiya operasiyalarida foydalanishni rejalashtirishmoqda.
Birinchi bemor miya shishi bilan og‘rigan 54 yoshli ayol edi. Zamonaviy texnologiyalar aralashuvni maksimal aniqlik va yumshoqlik bilan bajarish imkonini berdi, bu esa asoratlar xavfini kamaytirdi.
Ushbu jarrohlik usuli uzoq vaqtdan beri butun dunyo bo‘ylab yetakchi klinikalarda qo‘llanilmoqda va endi u Olmaotada ham mavjud.